Barcha yangiliklar
“ZAMONAVIY TIBBIY XIZMATLAR — AHOLI SALOMATLIGI KAFOLATI”
Gallery image 140651
Gallery image 140652
Gallery image 140653
Gallery image 140654
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
08 May 2026
16:44

“ZAMONAVIY TIBBIY XIZMATLAR — AHOLI SALOMATLIGI KAFOLATI”

“ZAMONAVIY TIBBIY XIZMATLAR — AHOLI SALOMATLIGI KAFOLATI”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muqaddas Raxmatova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov Navoiy shahrida joylashgan tibbiyot birlashmasi laboratoriyasida bo‘ldilar.

Tashrif davomida laboratoriyada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, tahlil jarayonlarining sifati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishildi. Ayni paytda mazkur laboratoriya turkiyalik mutaxassislar hamkorligida faoliyat yuritayotgani, bu esa xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, laboratoriyada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, aniq va tezkor diagnostika imkoniyatlari hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro tajribani keng joriy etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholining zamonaviy diagnostika xizmatlaridan samarali foydalanishini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.