Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 140663
Gallery image 140664
Gallery image 140665
Gallery image 140666
Gallery image 140667
Gallery image 140668
Gallery image 140669
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Apr 2026
00:00

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

✅Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig'ilishni doimiy komissiya raisi A.Xolmo'minov olib bordi.

⏺Yig‘ilishda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish holati to‘g‘risidagi ҳисоботи eshitildi.

⏺Hisobot davomida hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash, chiqindilarni boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik nazoratni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

⏺Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirildi. Shuningdek, mazkur hisobot yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida qo‘shimcha axborot berish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

⏺Natijada ushbu hisobotni sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan bildirilgan takliflar doimiy komissiya tomonidan ma’qullandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_komissiya_yigilishi