Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 140636
Gallery image 140637
Gallery image 140638
Gallery image 140639
Gallery image 140640
Gallery image 140641
Gallery image 140642
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Apr 2026
00:00

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔵Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishni doimiy komissiya raisi Ch.Alimov olib bordi.

⏺Yig‘ilishda tuman Ichki ishlar bo‘limining hududda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Hisobot davomida jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

⏺Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir qancha savol va takliflar berildi va hisobot atroflicha muhokama qilinib, qoniqarli deb topildi hamda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_komissiya_yigilishi