Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda “Kunchiqish” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.
Gallery image 140615
Gallery image 140616
Gallery image 140617
Gallery image 140618
Gallery image 140619
Gallery image 140620
Gallery image 140621
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
20 Apr 2026
00:00

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda “Kunchiqish” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda “Kunchiqish” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

✅Tashrif davomida mahalladagi 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim-tarbiya jarayonlari, sanitariya - gigiyena holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

🔵Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, aholining muammolarini hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

🔵Bundan tashqari, mahallada infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati ham tahlil qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✅Mazkur o‘rganishlar mahalla darajasida aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan.