Barcha yangiliklar
Haftalik ish reja asosida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 140590
Gallery image 140591
Gallery image 140592
Gallery image 140593
Gallery image 140594
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
07 May 2026
16:23

Haftalik ish reja asosida o‘rganish ishlari olib borildi

Adolat SDP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Otabaeva Dilnoza tomonidan “Qum yop” MFYda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla institutining jamiyatdagi rolini yanada oshirish, uni aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda hududda ijtimoiy muhitni yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.