Barcha yangiliklar
9-may - Xotira va qadrlash kuni
Gallery image 140561
Gallery image 140562
Gallery image 140563
Gallery image 140564
Gallery image 140565
Gallery image 140566
Gallery image 140567
Gallery image 140568
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
08 May 2026
16:05

9-may - Xotira va qadrlash kuni

Mustaqillik yillaridan buyon xalqimiz, asrlar davomida ona zaminimizni, uning ozodligi, tinch-osoyishta hayotini, qahramonlik va fidoyilik bilan himoya qilgan yurtdoshlarimizning hurmatini e’zozlab, ushbu sanani tantanali ravishda nishonlab kelmoqda.

Bugun Taxiatosh tumanida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Sdikov, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari, siyosiy partiya rahbarlari, mudofaa bo‘limi xodimlari, mehnat faxriylari, Afg‘oniston zaminida harbiy burchini o‘tagan jangchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular tuman markazidagi "Motamsaro ona" yodgorligi poyiga gul qo‘yib, el-yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni hurmat bilan yodga oldi.