Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining  navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
Gallery image 140332
Gallery image 140333
Gallery image 140334
Gallery image 140335
Gallery image 140336
Gallery image 140337
Gallery image 140338
Gallery image 140339
Gallery image 140340
Gallery image 140341
Gallery image 140342
Gallery image 140343
Gallery image 140344
Gallery image 140345
Gallery image 140346
Gallery image 140347
Gallery image 140348
Gallery image 140349
Gallery image 140350
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
08 May 2026
11:47

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 Joriy yilning 8-may kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tegishli viloyat boshqarmalari rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich Ashurov boshqarib bordi. 

Kun tartibidagi birinchi masala viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish va barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat prokurorning axboroti toʻgʻrisida viloyat prokurori U.Xamdamov axborot berdi.  

Shundan soʻng sessiyada navbatdagi masala Viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati toʻgʻrisida davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hokimining oʻrinbosari A.Nazarov hisoboti hisobot berdi.  

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning hamfikr mulohazalari va takliflari tinglandi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.