Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari
Gallery image 140313
Gallery image 140314
Gallery image 140315
Gallery image 140316
Gallery image 140317
Gallery image 140318
Gallery image 140319
Gallery image 140320
Gallery image 140321
Gallery image 140322
Gallery image 140323
SOBIROV ANVARBEK ASKAR O‘G‘LI
08 May 2026
11:45

#deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi raisi Jonibek Matniyazov Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro filialida bo‘lib, ushbu ta’lim maskanida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, o‘quv xonalari, zamonaviy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar hamda o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan qulay muhit e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni zamon talablariga mos bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar yuqori baholandi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning ertangi kunda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida pedagoglar va o‘quvchilar bilan suhbatlashilib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.