Barcha yangiliklar
#xotira_va_qadrlash_kuni
Gallery image 140193
Gallery image 140194
Gallery image 140195
Gallery image 140196
Gallery image 140197
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
08 May 2026
09:38

#xotira_va_qadrlash_kuni

#xotira_va_qadrlash_kuni

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Mavlonov o‘z saylov okrugi hududida tashkil etilgan xotira tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Ularning mardligi, jasorati va fidoyiligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, deputat maktabda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham qatnashib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularga vatanparvarlik, tinchlik va xotiraning qadrini ulug‘lash borasida fikr-mulohazalar bildirdi. Tadbir yuksak ma’naviy ruhda, hamjihatlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan o‘tdi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar
Kengashi axborot
xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash