Barcha yangiliklar
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
Gallery image 140065
Gallery image 140066
Gallery image 140067
Gallery image 140068
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
07 May 2026
18:12

AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida poliklinikaga qatnovchi fuqarolar, ayniqsa, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan hududda piyodalar yo‘lakchasi chiziqlarini chizish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha taklif bildirildi.

Mazkur tashabbus hududda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda poliklinikaga qatnovchi fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu muammoni amaliy jihatdan hal etish, piyodalar xavfsizligini kuchaytirish va zarur yo‘l infratuzilmasini shakllantirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.