Barcha yangiliklar
#Yoshlar_maslahat_guruhi
Gallery image 140029
Gallery image 140030
Gallery image 140031
Gallery image 140032
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
07 May 2026
17:47

#Yoshlar_maslahat_guruhi

#Yoshlar_maslahat_guruhi

#Deputat_faoliyati 

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova, tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O. Obilov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilovlar tomonidan Birlashuv mahallasida joylashgan 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabida rekonstruksiya ishlari hamda qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quv binosini zamonaviy talablarga muvofiq barpo etish jarayonlari tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)