Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 15195
Gallery image 15196
Gallery image 15197
Gallery image 15198
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
10 Avg 2024
10:35

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Mahalliy aholi e’tirozlariga sabab bo‘lgan, viloyat hokimining va deputatlarning qabulida ko‘tarilgan muammo Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" SDP partiyasi a’zosi Nodira Djanibekovaning deputatlik so‘rovi natijasida tuman hamda viloyat hokimligining hamkorligida bartaraf etiladigan bo‘ldi. Sardoba tumanidagi Ravot, Zomin va Bo‘ston mahallalarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi davlat ahamiyatidagi 4R-33 avtomobil yo‘lini (Sardoba suv ombori aylanma yo‘li) ta’mirlash ishlari boshlandi.
Ushbu jarayonga 2 ta maxsus texnika, 10 ga yaqin ishchi-xodimlar va muhandis-texniklar jalb qilingan.