Barcha yangiliklar
“G‘ozicheki” MFYdagi islohotlar o‘rganildi
Gallery image 139837
Gallery image 139838
Gallery image 139839
Gallery image 139840
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
07 May 2026
16:35

“G‘ozicheki” MFYdagi islohotlar o‘rganildi

               O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli hamda 2025-yil 8-oktabrda qabul qilingan PQ-298-sonli qarorlari asosida Jalaquduq tumanidagi og‘ir toifaga kiruvchi mahallalarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “G‘ozicheki” MFYda aholi
uchun munosib turmush sharoitini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar viloyat Kengashi deputatlari O.Nosirov, Q.Qo‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Jo‘rayev tomonidan ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va bajarilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.