Barcha yangiliklar





SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
07 May 2026
16:28
DEPUTAT MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova tomonidan Qo‘shtepa oilaviy shifokorlik punktida ta’mirlash ishlari boshlanganligi munosabati bilan tez tibbiy yordam xizmati boshqa hududga ko‘chirilishi aholida noroziliklarga sabab bo‘layotgani yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi. Mazkur murojaat asosida Qo‘shtepa MFY hududidan tez tibbiy yordam xizmati uchun munosib joy tayyorlanib, xizmat faoliyati shu hududning o‘zida uzluksiz davom ettirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda ushbu masala to‘liq ijobiy hal etilgan bo‘lib, aholiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish barqaror davom etmoqda.