Barcha yangiliklar
#tavsiyalar_asosida_bepul_dori_darmon
Gallery image 139795
Gallery image 139796
Gallery image 139797
Gallery image 139798
Gallery image 139799
Gallery image 139800
Gallery image 139801
Gallery image 139802
Gallery image 139803
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
07 May 2026
16:24

#tavsiyalar_asosida_bepul_dori_darmon

#tavsiyalar_asosida_bepul_dori_darmon

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov boshchiligida mutaxassislar va yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan shahardagi oilaviy poliklinikada bepul dori-darmon tarqatish holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash tizimi alohida tahlil qilinib, imtiyozli toifadagi fuqarolar — nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali kasallikka chalingan bemorlar, bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zarur dori vositalari yetkazib berilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, dori vositalarini hisobga olish, ularni to‘g‘ri saqlash va aholiga o‘z vaqtida yetkazish jarayonining shaffofligi hamda tartibliligiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga bepul dori-darmonlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari tizimli ravishda olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari

Kogon shahar

Kengashi axborot 

xizmati

Telegram (https://t.me/KogonshaharKengashiVI)

           Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)

                         Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021)

                                         Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO)

                                                     E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)