Barcha yangiliklar









ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
07 May 2026
15:39
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari X.Abduvohidov va N.Sulaymonov 9-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi. Mas’ullar tomonidan ularning fikr-mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarning ta’lim, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularni rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning yangi g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.