Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 139575
Gallery image 139576
Gallery image 139577
Gallery image 139578
Gallery image 139579
Gallery image 139580
USMONOV UMIDJON RAYIMQUL O‘G‘LI
07 May 2026
11:31

Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Qudratov tomonidan Do‘stlik MFY Pastkichaqir qishlog‘ida joylashgan 6-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning sanitar-gigiyenik holati, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti va saqlanishi atroflicha ko‘zdan kechirildi, shuningdek oshxona elektr plitasining nosozligi, hojatxonaning ta’mirga muhtojligi hamda yong‘in xavfsizligi yo‘lagi boshqa maqsadda foydalanilayotgani aniqlandi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqotda oshxona pechini 3 kun muddatda ta’mirlash belgilandi. Shuningdek, hojatxona va yordamchi xonalarni ta’mirlash uchun homiylar tomonidan zarur jihozlar olib berildi.