Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 139552
Gallery image 139553
Gallery image 139554
Gallery image 139555
Gallery image 139556
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
07 May 2026
11:26

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📢 Dehqonariq mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva, Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov ishtirokida Dehqonariq mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

💬 Aholi bilan ochiq muloqotda hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🤝 Bunday uchrashuvlar fuqarolar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.