Barcha yangiliklar







ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
07 May 2026
10:52
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi jamiyatda ibratli oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda mustahkam va namunali oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Ushbu tadbirda xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova ham komissiya a'zosi sifatida ishtirok etib, qatnashchilar bilan muloqot qildi. Tadbir davomida oilalarda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xotin-qizlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan namunali oilalarning hayot yo‘li va ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi.