Barcha yangiliklar
#xotira_va_qadrlash_kuni
Gallery image 139458
Gallery image 139459
Gallery image 139460
Gallery image 139461
Gallery image 139462
Gallery image 139463
Gallery image 139464
Gallery image 139465
Gallery image 139466
Gallery image 139467
Gallery image 139468
Gallery image 139469
Gallery image 139470
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
07 May 2026
10:16

#xotira_va_qadrlash_kuni

#xotira_va_qadrlash_kuni

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi a’zolari ishtirokida Kogon tumani hududida joylashgan “Motamsaro ona” haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Ularning mardligi, jasorati va fidoyiligi bugungi avlod uchun beqiyos ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash, xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarga nisbatan ham yuksak hurmat bildirildi. Marosim ma’naviy ruhda, hamjihatlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan o‘tdi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati

Telegram (https://t.me/KogonshaharKengashiVI)/Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) / E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)