Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman kengashi deputati hududda qonun ijrosini o‘rgandi.
Gallery image 139441
Gallery image 139442
Gallery image 139443
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
05 May 2026
10:10

Xalq deputatlari Zomin tuman kengashi deputati hududda qonun ijrosini o‘rgandi.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati L.Mustafakulova hududda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunni ijrosini o‘rganish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi.

O‘rganish jarayonida aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish holati, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha xizmatlar hamda bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.