Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 139385
Gallery image 139386
Gallery image 139387
Gallery image 139388
Gallery image 139389
Gallery image 139390
Gallery image 139391
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 May 2026
09:53

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Qonun ijrosini o‘rganishning 2-bosqichi.

📌Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan O‘RQ-642-son Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazida o‘rganishlar olib borildi.

🔷O‘rganish jarayonida tasdiqlangan savolnoma asosida markaz faoliyati, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi hamda xizmatlarning samaradorligi tahlil qilindi.

🔷Shuningdek, o‘rganish davomida markaz xodimlarining amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi. Jumladan, bo‘lim tomonidan yo‘llanma asosida yuborilayotgan ishsiz shaxslarni ularning salohiyatidan kelib chiqib ishga qabul qilish majburiyligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.