Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 139370
Gallery image 139371
Gallery image 139372
Gallery image 139373
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 May 2026
09:47

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda Kengash deputati E.Babayevlar tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷Jumladan, 5-umumta’lim maktabida inklyuziv sinf tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi kun holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida inklyuziv ta’lim uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar olib kelingani hamda ular maktab psixologi xonasiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

🔷Shuningdek, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bosqichma-bosqich davom etayotgani, inklyuziv ta’lim uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, zarur metodik va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.