Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 139355
Gallery image 139356
Gallery image 139357
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 May 2026
09:41

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

⚖️Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i ishtirokida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi.

🔷Uchrashuv davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔷Shuningdek, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, jumladan ijtimoiy yordamlar, tibbiy xizmatlar, bandlik imkoniyatlari hamda reabilitatsiya yo‘nalishidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.