Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 139310
Gallery image 139311
Gallery image 139312
Gallery image 139313
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 May 2026
09:08

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan Yangi davr MFY raisi va mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi murojaatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷Jumladan, Talabalar ko‘chasida joylashgan 8-ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida mazkur hududda kanalizatsiya tizimida nosozliklar mavjudligi aniqlandi.

✅Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilot — tuman suv oqova bo‘limiga tegishli topshiriqlar berilib, muammoni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.