Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 139301
Gallery image 139302
Gallery image 139303
Gallery image 139304
Gallery image 139305
Gallery image 139306
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 May 2026
09:01

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

🔷Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Axmedov G‘ulomjon Sodiqovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Turdiyev Nazar Ilyashevichlar tomonidan tuman markazida bunyod etilayotgan “Oqoltin city” zamonaviy turar joy majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida deputat va kotibiyat mudiri quruvchilar bilan muloqot olib borib, amalga oshirilayotgan ishlar sifati, qurilish jarayonining borishi hamda yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔷Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 8 ta ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda 650 dan ortiq zamonaviy xonadonlar barpo etiladi. Ushbu loyiha tuman markazining yanada zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.