Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING SESSIYA OLDI YIG‘ILISHI
Gallery image 139287
Gallery image 139288
Gallery image 139289
Gallery image 139290
Gallery image 139291
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 May 2026
08:56

XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING SESSIYA OLDI YIG‘ILISHI

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, mahalliy budjet daromadlari ijrosining joriy holati, qo‘shimcha daromad manbalari va ichki rezervlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan mablag‘larning amaldagi tushumi hamda mavjud soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. 

Mazkur masala yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasining hisoboti tinglanib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar berildi. 

Kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.