Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 139277
Gallery image 139278
Gallery image 139279
Gallery image 139280
Gallery image 139281
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
07 May 2026
08:41

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🛣️ Sherobod tumanida ta’mirlangan ichki yo‘llar holati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov ishtirokida Sherobod tumani “Nurtepa” mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. 

🏗️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilmoqda

✅ Tashrif davomida hududdagi ta’mirlangan ichki yo‘llarning sifati, aholiga yaratilayotgan qulayliklar hamda bajarilgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullarga yo‘llarning sifatini doimiy nazoratda ushlab borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

🚜 Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.