Barcha yangiliklar











RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 May 2026
20:53
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Oltinsoy tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimligining kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A.Norboyevning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi.
✍️ (https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati)Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati