Barcha yangiliklar
Tumandagi sayilgoh va dam olish maskani holati oʼrganildi.
Gallery image 139108
Gallery image 139109
Gallery image 139110
Gallery image 139111
Gallery image 139112
Gallery image 139113
Gallery image 139114
Gallery image 139115
Gallery image 139116
Gallery image 139117
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
06 May 2026
18:38

Tumandagi sayilgoh va dam olish maskani holati oʼrganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Joʼrayev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassis B.Navroʼzov bilan birgalikda tumandagi “Yoshlar sayilgohi” hamda “Sohil boʻyi” dam olish maskanlari hududida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🔎 Tashrif davomida “Yoshlar sayilgohi” hamda “Sohil boʻyi” hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, piyodalar yoʼlaklarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy yoritish tizimlarini oʼrnatish, dam olish maskanlarini yangilash hamda yashil hududlarni kengaytirish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha koʼzdan kechirildi. Shuningdek, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda estetik qiyofasini yanada obod etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

✅Mazkur nazorat tadbiri doirasida tumanning jamoat maskanlarini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish, aholi uchun qulay va shinam dam olish muhitini yaratish ustuvor vazifa ekani alohida taʼkidlandi. Deputatlik nazorati bu borada izchil davom ettiriladi.