Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 139050
Gallery image 139051
Gallery image 139052
Gallery image 139053
Gallery image 139054
Gallery image 139055
Gallery image 139056
Gallery image 139057
Gallery image 139058
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
06 May 2026
18:27

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Navroʻzov bilan birgalikda tumandagi “Choʻrikalon” MFYda tumandagi 34-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena holati koʻzdan kechirildi.

Deputat muassasa pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, bolalarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi