Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 138953
Gallery image 138954
Gallery image 138955
Gallery image 138956
Gallery image 138957
Gallery image 138958
Gallery image 138959
Gallery image 138960
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
06 May 2026
18:13

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova deputat M.Nurmuxammedova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov bilan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena holati koʻzdan kechirildi.

Deputat muassasa pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, bolalarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi