Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 138914
Gallery image 138915
Gallery image 138916
Gallery image 138917
Gallery image 138918
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
06 May 2026
18:09

Kengash_faoliyati

#24ta_masala 

✅ Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov tumandagi Obod yurt mahallasida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib bordi.

✅O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, guruh xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, muassasa xodimlarining faoliyati, ularning ish samaradorligi va bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati atroflicha tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✅ Bu kabi o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.