Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 138776
Gallery image 138777
Gallery image 138778
Gallery image 138779
Gallery image 138780
Gallery image 138781
Gallery image 138782
Gallery image 138783
Gallery image 138784
Gallery image 138785
Gallery image 138786
Gallery image 138787
Gallery image 138788
Gallery image 138789
Gallery image 138790
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
06 May 2026
16:58

XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi va o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich olib bordi.

Sessiya ishida jami 21 ta tumanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokama jarayonlarida ko‘plab savol va takliflar bildirishdi. Deputatlarning sessiya ma’lumotlari bilan diqqat tanishganligi tufayli faolligi sezilmoqda.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiya ishi “Facebook” ijtimoiy tarmoqlar orqali (https://www.facebook.com/share/v/17mt2c2SeB/?mibextid=qi2Omg) to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.