Barcha yangiliklar
Investitsiyalar, sanoat va savdo yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 138765
Gallery image 138766
Gallery image 138767
Gallery image 138768
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
06 May 2026
16:47

Investitsiyalar, sanoat va savdo yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sanjar Sobirjonov tomonidan Yunusobod tumani Investitsiyalar, sanoat va savdo majmuasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda savdo faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonunda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!