Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 138759
Gallery image 138760
Gallery image 138761
Gallery image 138762
Gallery image 138763
Gallery image 138764
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
06 May 2026
16:43

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari amalda

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

🏡 Shu doirada “Do‘stlik” mahallasida mahalla raisi D. Eshmurodovning faoliyati o‘rganilib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish hamda bandlikni ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📊 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🤝 Eng asosiysi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda dolzarb masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

🔍 Bu kabi o‘rganishlar hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va deputatlik faoliyati samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.