Barcha yangiliklar
DEPUTAT O‘RGANUVI – AMALIY NATIJA
Gallery image 138747
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
06 May 2026
16:36

DEPUTAT O‘RGANUVI – AMALIY NATIJA

 ✅29-DMTT hududida obodonlashtirish hamda bino va inshootlarni ta’mirlash, ma’naviy eskirganlarini qayta qurish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan joriy yil boshlanishida chora-tadbir belgilagan edi. Bugungi kunda mutasaddilar hamda tashabbuskor homiylar va xasharchilar tomonidan ushbu muassasada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. 

✅O‘rganish davomida bolalarni sifatli va to‘g‘ri ovqatlantirish, oshxonada sanitar-gigienik talablarga rioya qilinishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining
to‘g‘ri tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
 

✅Deputat G‘ayratjon Abdullayev 29-DMTT maydonidagi qurilish-ta’mirlash ishlari uchun o‘z hisobidan homiylik yordamini ko‘rsatib, qirq million so‘mlik qurilish ashyolarini olib berganligi diqqatga sazovordir. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi