Barcha yangiliklar
Deputat va yoshlar muloqoti tashkil etildi
Gallery image 138724
Gallery image 138725
Gallery image 138726
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
06 May 2026
16:24

Deputat va yoshlar muloqoti tashkil etildi

Deputat va yoshlar muloqoti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlar bilan tizimli muloqotlar davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova ishtirokida Shahidlar xiyobonida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda Yoshlar maslahat guruhi faoliyatida faol ishtirok etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va ularni mahalliy Kengashlar faoliyatiga yanada keng jalb etishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!