Barcha yangiliklar
TOZALIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA
Gallery image 138646
Gallery image 138647
Gallery image 138648
Gallery image 138649
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
06 May 2026
15:56

TOZALIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA

TOZALIK VA OBODLIK — USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna Tinchlik MFY hududida chiqindilarni tozalash va hudud sanitariya holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, amaliy o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, mavjud muammolar, ayrim joylarda tozalikka rioya etilmayotgani, chiqindi qutilarining yetishmasligi hamda ularning o‘z vaqtida bo‘shatilmasligi kabi kamchiliklar aniqlandi. Aholi bilan o‘tkazilgan muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hudud tozaligini ta’minlash masalalari qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi. Shuningdek, aholiga atrof-muhitni asrash, tozalikka rioya qilish madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda tozalik va obodlikni ta’minlash, aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.