Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 138628
Gallery image 138629
Gallery image 138630
Gallery image 138631
Gallery image 138632
Gallery image 138633
Gallery image 138634
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
06 May 2026
15:47

Saylovchilar bilan uchrashuv

DEPUTAT VA SAYLOVCHI: AMALIY MULOQOT VA NATIJA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari tizimli ravishda davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov ishtirokida "Obod yurt" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining dardu tashvishlarini tinglash, mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi takliflarini o‘rganishdir.

✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalladagi ichki yo‘llar va elektr ta’minoti holati;

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va jamoaviy murojaatlar.

✅Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bizning vazifamiz saylovchilar ishonchini oqlash va har bir muammoga yechim topishdan iborat," — deya ta’kidladi uchrashuvda N.Allamuratova.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarish yuzasidan kelishib olindi.