Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 138556
Gallery image 138554
Gallery image 138555
Gallery image 138557
Gallery image 138558
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
06 May 2026
14:57

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xususan tuman deputatlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI)ni yanada oshirish, belgilangan topshiriqlarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Suvankulov tomonidan o‘ziga biriktirilgan deputat A.Bo‘tayev bilan uchrashuv tashkil etilib, joriy yilning birinchi choragi davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi va sarhisob etildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatida KPI tizimidan samarali foydalanish, ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri shakllantirish va natijadorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.