Barcha yangiliklar
FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
Gallery image 138508
Gallery image 138509
Gallery image 138510
Gallery image 138511
Gallery image 138512
Gallery image 138513
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
06 May 2026
14:16

FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

 FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI 

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining
“Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash hamda huquqiy
masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi” yig‘ilishida tuman kadastr bo‘limi faoliyati
yuzasidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar dastlabki tarzda muhokama qilindi. 

🔹 Yig‘ilishda komissiya a’zolari,
tuman Kengashi raisi hamda kotibiyat mudiri ishtirok etib, hisobot bilan bir qatorda
mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda
Kengashning oldingi qaroriga o‘zgartirish kiritishga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

🔹 Muhokamalar davomida taqdim
etilgan ma’lumotlar batafsil tahlil qilinib, ko‘rib chiqilgan masalalarni sessiya
muhokamasiga to‘liq tayyor holatga keltirish zarurati qayd etildi. 🔹 Yig‘ilish
yakunida tegishli masalalarni yanada takomillashtirish va qo‘shimcha ishlab chiqish
bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.