Barcha yangiliklar
Zuhro MFYda tadbirkor murojaati deputatlar e’tiborida
Gallery image 138505
Gallery image 138506
Gallery image 138507
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
06 May 2026
14:06

Zuhro MFYda tadbirkor murojaati deputatlar e’tiborida

Marg‘ilon shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish va joylarda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda. Xususan, Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatlar X.Abdurahmonov, S.Azizov hududga chiqib, tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan bildirilgan masala atroflicha tahlil qilinib, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillar muhokama etildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masala nazoratga olinib, uni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, tadbirkorning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.