Barcha yangiliklar
MADANIYAT VA TA’LIM UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 138476
Gallery image 138477
Gallery image 138478
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 May 2026
13:47

MADANIYAT VA TA’LIM UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati А.Mamatmuratov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovdan ko‘zlangan asosiy maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, umumta’lim maktablarida milliy musiqa cholg‘ularida ijro etish mahoratini oshirish va madaniy muhitni shakllantirish holatini o‘rganishdan iborat.

So‘rovida quyidagi masalalarga alohida to‘xtalgan

•Maktablarni zarur musiqa asboblari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi

•Amaliy to‘garaklar faoliyatining samaradorligi

•Musiqa fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlari

Мazkur masala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi va soha mutasaddilarining hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 (https://kengash.gov.uz/news/10983) Telegram (https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/Oltinsoykengashkotibiyati/followers/)  🌐 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news/10983) 📸 Instagram (https://www.instagram.com/oltinsoy_deputatlar_kengashi/) ▶️ YouTube (https://www.youtube.com/@xalqdeputatlarioltinsoytum7900)