Barcha yangiliklar
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 138441
Gallery image 138442
Gallery image 138443
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
06 May 2026
12:32

Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Zoirova tomonidan tumandagi Xalqobod mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlar doirasida o‘rganish olib borildi.

🔹Xususan, mahallada 2 kilometr masofada piyodalar yo‘lakchasi barpo etish loyihasi doirasida mavjud yo‘l holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida yo‘lakcha qurilishi uchun zarur infratuzilma, aholi ehtiyojlari hamda hududning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilindi.

🔹Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida mahalla aholisi, ayniqsa bolalar va keksalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.