Barcha yangiliklar









JUMANIYAZOV HAMRO MATNAZAROVICH
17 Fev 2026
12:19
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XVIII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi. Shundan so‘ng, deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi tuman hokimligining "Youtube" (https://www.youtube.com/live/CFDXhWDyen0?si=E7PHSuFEzyjO5WQW)dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.