Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 138393
Gallery image 138394
Gallery image 138395
Gallery image 138396
Gallery image 138397
Gallery image 138398
Gallery image 138399
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
06 May 2026
11:51

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda atroflicha muhokama qilindi. 

Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari tinglanib, taklif va mulohazalar bildirildi.