Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov aholi murojaatlarini o‘rganish va joylardagi muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Gallery image 138331
Gallery image 138332
Gallery image 138333
Gallery image 138334
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
06 May 2026
10:33

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov aholi murojaatlarini o‘rganish va joylardagi muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov aholi murojaatlarini o‘rganish va joylardagi muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida deputat “Noib ko‘prik” mahallasining “Bekbutabek” ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, asfalt yotqizish jarayonining texnik talablarga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi joyida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat hudud aholisi bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar hamda taklif-mulohazalarni tingladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, yo‘l ta’mirlash ishlari yakuniga qadar deputatlik nazorati o‘rnatilib, ishlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi