Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 138321
Gallery image 138322
Gallery image 138323
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
06 May 2026
10:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi, 25-Navbahor saylov okrugi deputati J.Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat hududda amalga oshirilayotgan ishlar, davlat dasturlari doirasida belgilangan loyihalar hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. 

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator murojaat va takliflar bildirildi. Deputat ushbu masalalarni atroflicha o‘rganib chiqdi.

Uchrashuv yakunida ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi. Shuningdek, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga zarur tushuntirish va yo‘l-yo‘riqlar berildi.