Barcha yangiliklar











SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 May 2026
18:19
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Boyovut tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Sog‘liq uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish va badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tadbirda tuman deputati A.Amanlikov, nuroniylar hamda otinoyilar, shuningdek keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5 ming qadam yurishdi, so‘ngra umumiy badantarbiya mashqlarini bajarish orqali sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.